08:43 / 21.12.2018
4 530

Toshkentda eng baland «Charxpalak» attraksioni qachon ochilishi ma’lum bo‘ldi

Toshkentda eng baland «Charxpalak» attraksioni qachon ochilishi ma’lum bo‘ldi
22 dekabr kuni soat 17:00 da Toshkentdagi «Anhor-Lokomotiv» bog‘ida O‘zbekistonda eng baland bo‘lgan «Charxpalak» attraksioni foydalanishga topshiriladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» xabar berdi.

Eng yuqori nuqtasi 72 metr bo‘lgan ushbu attraksion 48 ta yopiq turdagi kabinadan iborat (8 tasi VIP). Bularning har biri ajoyib chiroqlar va o‘ziga xos bayramona illyuminatsiya bilan bezatilgan bo‘lib, poytaxt manzarasini yuqoridan tomosha qilishga barcha sharoitlar yaratildi. Bir vaqtning o‘zida 272 kishiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan charxpalakning to‘la aylanishi 12 daqiqani tashkil etadi.

Charxpalak attraksionining o‘ziga xos nomi ham bor – «Anhor yulduzi». Bunday nomlanishida keng jamoatchilik faol ishtirok etib, ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan tanlov asosida tanlab olingan.

Bundan tashqari, endi bog‘ga tashrif buyuruvchilar avtomobilni qayerda qoldirish muammosi haqida bosh qotirmasa ham bo‘ladi. Shu yilning 22 dekabridan boshlab bog‘ hududida 500 ta avtomobilga mo‘ljallangan ko‘p qavatli avtoturargoh o‘z ishini boshlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda eng baland «Charxpalak» attraksioni qachon ochilishi ma’lum bo‘ldi