Foto: Turon24
20 dekabr kuni Sirdaryo viloyati, Guliston shahri Bunyodkor ko‘chasida joylashgan savdo do‘konida yong‘in yuz berdi. Yong‘in natijasida binoning 2-qavatida joylashgan 8 ta do‘konning shift, tom va ichki qismi, jami taxminan 180 kv metr yonib zararlangan. Bu haqda viloyat yong‘in xavfsizlik boshqarmasi axborot xizmati xodimi Behzod Hamroyevga tayanib, Turon24 ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, yong‘inni o‘chirish va bartaraf etishga Guliston shahar yong‘in xavfsizlik boshqarmasidan 4 ta, Yangiyer shahridan 1 ta va Mirzaobod tumanidan 1 ta o‘t o‘chiruvchilar ekipaji jalb etilgan.
Yong‘in soat kunduz 13:00 da boshlangan va o‘t o‘chiruvchilar tomonidan soat 13:12 da qurshab olinib, soat 13:49 da o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar va tan jarohati olganlar yo‘q. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘in qisqa tutashuv natijasida kelib chiqqan.
Ijtimoiy tarmoqlarga joylangan tasvir va suratlarda 36 ta do‘kon yonganligi izohi qoldirilgan.
Foto: Turon24
Voqea guvohlarining aytishicha, ikki qavatli savdo va xizmat ko‘rsatish do‘konlarining faqatgina ikkinchi qavati yongan. Dastlabki yong‘in ham binoning ikkinchi qavatida, tikuvchilik xizmat ko‘rsatish do‘konida boshlangan.
Foto: Turon24
Boshqa bir guvohning aytishicha, bino trasformatoriga kelib tutashgan simlarning uzilib ketishi natijasida qisqa tutashuv yuz bergan.
Foto: Turon24
Shaharning Bunyodkor ko‘chasida joylashgan savdo majmuasida 2017 yilning avgust oyida ham yong‘in yuz bergan edi.
Foto: Turon24 “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin