MIB soxta sertifikatchini fosh qildi

1 daqiqa o'qish4K
MIB soxta sertifikatchini fosh qildi
Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari fuqarolarga davlat qiyoslash sertifikatlarini pora evaziga qalbakilashtirib, 150.000 soʻm miqdorigacha boʻlgan pullarni olib, bir qator noqonuniy hatti-harakatlar sodir etgan “Toshshahargaz” hududiy filiali xodimi R.K. ekanligini fosh qildi.

Jumladan, Yashonobod tumani Mirgʻob koʻchasidagi 35-uyda yashovchi fuqaro K.R.xonadonidagi gaz hisoblagichini navbatdagi davlat qiyoslashdan oʻtkazib berishini soʻraganida “Toshshahargaz” hududiy filiali xodimi R.K. rozi boʻlib evaziga 150.000 soʻm pul berishini aytadi. Xonadon egasi uy hisoblagichlarini 150.000 soʻm pul berib davlat qiyoslashdan oʻtkazishga rozi boʻladi.

Oradan 2-3 kun oʻtgandan keyin Mirgʻob koʻchasidagi 35-uy borib, oq varaqqa uning hisob raqamini, hisoblagich rusumini va davlat raqamini yozib va xonadondagi gaz hisoblagichini yechib olib kelishilgan pulning oldindan 100.000 soʻmini olib, Yashnobod tumanida joylashgan “Kadisheva” bozori yonidagi foto salonga borib, oʻzida mavjud boʻlgan lekin foydalanilgan serktifikatni berib, uni skanerlashni va ruchkada yozilgan yozuvlarni oʻchirib berishini soʻraydi.

Shundan soʻng, foto salon ishchisi R.K. aytgan iltimoslarni bajarib, sertifikatda ruchkada yozilgan joylarini oʻchirib, oq qogʻozga rangli qilib 6 dona qalbaki sertifikatni tayyorlab beradi va 10 kundan keyin “Toshshahargaz” hududiy filiali xodimi R.K. yuqoridagi manzildagi

K.R. xonadoniga borib, gaz hisoblagichini oʻrnatib, qoʻlbola usulda tayyorlangan sertifikatni uy egasiga taqdim qiladi. Lekin xonadon egasi soxta sertifikat ekanligini sezmaydi ham.

R.K. noqonuniy hatti harakatlarini davom ettirib, Yashnobod tumani Qashqadaryo 1-tor koʻchasi 1-uyda yashovchi fuqarodan, Axsikat koʻchasidagi yana bir xonadon egalaridan soxta yasalgan sertikfikatni berib, gaz hisoblagichni oʻrnatib berib evaziga har bir xonadondan 150.000 soʻm miqdoridagi noqonuniy ishlari uchun pora olganligi aniqlandi.

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?