Sharmandagarlik chegara bilmas ekan. Qani endi shou-biznes vakillariga tanqid kor qilsa?! Borgan sari avjiga chiqishyapti.
Masalan xonanda Lola Yo‘ldosheva kuni kecha instagram sahifasiga turmush o‘rtog‘i bilan sohilda bir-biridan bo‘sa olayotgani aks etgan suratini joylashtirdi.
Mentalitetimizga ko‘ra, tunda, bolalar uxlaganidan so‘ng qilinadigan ish butun olamga namoyish etildi. Yana buning ustiga bu namoyishdan Lola zarracha xijolat tortayotgani yo‘q. Buni uning rasm yoniga yozib qoldirgan izohidan ham bilib olish mumkin.
– Seving va sevilib yuring…
P/s: Ajoyib izoh, iliq so‘zlar bilan oilamizga baxt tilayotganlarga katta rahmat! Menga qanday yashashni o‘rgatmoqchi bo‘layotgan, turmush o‘rtog‘idan bo‘sa olmay, bolalarini laylak keltirib beradiganlarni esa bloklab qo‘yaman.
Buni qarang! Xonanda bu bilan hamma ham bu ishni qiladi, axir bolalarni laylak olib kelib bermaydi-ku, demoqchi.
Lolaxon, to‘g‘ri aytasiz, barcha siz aytmoqchi bo‘layotgandek, “sevib, sevilib…” yashaydi. Biroq ular shaxsiy hayotining eng nozik qirralarini butun dunyoga namoyish qilmaydi. Bu “sharmandagarchilik” deb atalishiga aqli yetadi. Shu xatti-harakati bilan jamiyatda behayolikni avj oldirishga hissa qo‘shib qo‘yishi mumkinligidan cho‘chiydi. Eng kamida esa UYaLADI!
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Kreml saroyida O‘zbekiston yulduzlari konserti qanday o‘tdi?