2018 yilda qancha oʻzbekistonlik chet elga borgani maʼlum boʻldi

1 daqiqa o'qish4.2K
2018 yilda qancha oʻzbekistonlik chet elga borgani maʼlum boʻldi
2018 yilda 14 millionga yaqin Oʻzbekiston fuqarosi chet elga borgan. Bu haqda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Farrux Dadaxoʻjayev maʼlum qildi.

“Chet davlatlarga chiqayotgan fuqarolarimiz soni yildan-yilga keskin oshib bormoqda. Xususan, 2016 yilda 5 million 310 ming nafar, 2017 yilda 6 million 823 ming nafar va 2018 yilda 13 million 838 ming fuqaro xorijga chiqqan”, — deydi u.

Dadaxoʻjayevning taʼkidlashicha, ularning aksariyati, Qozogʻiston, Rossiya, Turkiya, Janubiy Koreya, Xitoy va boshqa davlatlarga borishgan.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi farmonida 2021 yilning 1 yanvariga qadar Oʻzbekiston fuqarolariga kirish vizalarini rasmiylashtirish talab etilmaydigan davlatlarga 2011 yilgi namunadagi biometrik pasport bilan chiqish mumkinligi belgilangan.

Shuningdek, muddati oʻtmagan xorijga chiqish ruxsatini beruvchi stiker yopishtirilgan 2011 yilgi namunadagi biometrik pasport egalari ham 2021 yilga qadar chet elga chiqishi mumkin.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?