Bojxonachilarning “pogoni”ni yulib olgan shaxsga sud hukmi oʻqildi

1 daqiqa o'qish3.1K
Bojxonachilarning “pogoni”ni yulib olgan shaxsga sud hukmi oʻqildi
11-17 aprel kunlari jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tuman sudi sudyasi X.Xotamov raisligida Nurafshon shahridagi 12-bolalar va sanʼat musiqa maktabida ochiq sayyor sud majlisi oʻtkazildi, deb yozadi Kun nashri.

Sud sudlanuvchi N.A.ga nisbatan jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (“Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish”) doirasidagi ishni koʻrib chiqdi.
Bojxonachilarning “pogoni”ni yulib olgan shaxsga sud hukmi oʻqildi
Maʼlum boʻlishicha, N.A. 2018 yilning 21 sentyabrga oʻtar kechasi tungi soat 04:00lar atrofida “Gʻishtkoʻprik” chegara bojxona postining Qozogʻiston Respublikasidan Oʻzbekiston Respublikasiga kirish zalida tekshiruvdan oʻtkazilgan. U post inspektorlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining meʼyordan ortiqcha tovar - moddiy boyliklar olib oʻtmaslik holatlari tekshirilayotganda ularga qattiq qarshilik qilgan.
U bojxona talablariga boʻysunmay, inspektor N.Rasulovani haqorat qilgan, tinchlantirmoqchi boʻlgan inspektor A.Rajabovning xizmat kiyimidagi maxsus unvonining (pogoni) bir tomonini yulib olgan. U shuningdek, axloqqa zid harakatlarini videotasvirga tushirayotgan inspektor S.Abdullayevaning qoʻliga yengil jarohatlar yetkazgan.
Bojxonachilarning “pogoni”ni yulib olgan shaxsga sud hukmi oʻqildi
Sud taraflar fikrlari va dalillarini oʻrganib chiqdi. Fuqaro A.N. Jinoyat kodeksining 219-moddasining 2-qismi bilan aybli deb topildi. Unga ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda, 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Shuningdek, Oʻrtachirchiq tuman IIB tomonidan kiritilgan mahkumlar B.Boʻriyev, O.Madraximov, K.Pisenov, J.Pulatov, F.Radjapov, M.Raximov, S.Usmanov va A.Xabibullayevga tayinlangan axloq tuzatish ishlari jazosini oʻtalmay qolgan qismini oʻtashning muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etish toʻgʻrisidagi taqdimnomasi qanoatlantirildi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?