
2019 yil 26 aprel kuni 2 noma’lum shaxs Toshkent shahri Yunusobod tumanining 18-dahasida fuqaro Sh.N. ismli qizni kuch ishlatish yo‘li orqali “iPhone” va “Redmi” rusumli mobil telefonlarini olib, voqea joyidan yashiringanlar.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida aytilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sergeli tumani Nilufar ko‘chasida yashovchi O.J. va Shayxontohur tumani Ipakchi ko‘chasida yashovchi F.B. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar