Quyidagi shaxslarga ro‘za tutmaslikka ruxsat berilgan:
1. Kasal kishi. Kasal kishiga ro‘za tutmaslikka ruxsat etilgan. Alloh taolo marhamat qiladi: “Kimki bemor yoki safarda bo‘lsa, (tuta olmagan kunlarining) sanog‘i boshqa kunlardandir” (Baqara, 185).
Kishi ro‘za tutish sababli kasalligining kuchayishi yoki tuzalishining sekinlashi yoki biror a’zosiga talaf yetishidan qo‘rqsa, ro‘za tutmasligi mumkin.
Kasal kishi kasalidan tuzalganidan so‘ng Ramazon oyida tutmagan kunlarining ro‘zasini qazo qilib tutib beradi.
2. Safardagi kishi. Safardan murod – namoz qasr o‘qiladigan uzoqlikdagi masofani ko‘zlab chiqishdir. Musofir agar ro‘za tutishi mashaqqat bo‘lmasa, ro‘za tutgani yaxshi. Kishi agar safarga tong otgandan so‘ng chiqsa, o‘sha kuni og‘zini ochmasligi kerak.
Musofir safarda tutmagan kunlari ro‘zasini keyin tutib beradi.
3. Homilador va emizikli ayol. Faqihlar homilador yoki emizikli ayol ro‘za tutish o‘zi yoki bolasiga zarar yetkazishidan qo‘rqsa, ro‘za tutmasligi mumkinligiga ittifoq qilishgan.
4. Keksa kishilar. Bunga keksayib quvvatdan qolgan kishilar, tuzalishiga umid qolmagan bemorlar, keksa kampirlar kiradi. Bunday kishilar keyinchalik ham ro‘za tuta olmaganlari sababli qazo qilmaydilar, balki tutmagan har kunlari uchun fidya beradilar. Alloh taolo aytadi: “Madori yetmaydiganlar zimmasida bir miskin kimsaning (bir kunlik) taomi fidyadir”(Baqara, 184). Fidya miqdori fitr sadaqasi miqdori bilan barobardir.
5. O‘ta qattiq ochiqqan va chanqagan kishi. Agar ro‘zador ro‘zasini ochmasa, halok bo‘lishiga yoki aqli ketishiga yoki ba’zi sezgilari ishlamay qolishiga gumoni g‘olib bo‘lsa, ro‘zasini ochishi mumkin. So‘ng ana shu tutmagan kunlari ro‘zasini qazosini o‘tashi lozim.
6. Hayz va nifos ko‘rgan ayollar. Hayz va nifosdagi ayollar ro‘za tutishlari mumkin emas. Ular poklanganlaridan so‘ng qazosini tutib beradilar. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi