Navoiyda shifokor haqorat qilingani yuzasidan tekshiruv harakatlari boshlandi

1 daqiqa o'qish3.5K
Navoiyda shifokor haqorat qilingani yuzasidan tekshiruv harakatlari boshlandi
Navoiy viloyatining Navbahor tumanida shifokorga tahdid qilingani yuzasidan tekshiruv ishlari boshlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» Bosh prokuratura matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

2019 yil yanvar oylarida Navbahor tumani Arabxona mahallasida yashovchi I.E. o‘zining voyaga yetmagan farzandini sog‘ligi yomonlashib davolatish maqsadida Navbahor tumani Tibbiyot birlashmasi qabul bo‘limiga olib keladi.

Farzandining sog‘ligi yaxshi emasligi to‘g‘risida qabul bo‘limi navbatchi vrachi A.E.ga murojaat qilganida navbatchi vrach A.E. bolalar shifokori emasligini, pediatr shifokori boshqa bemorni ko‘rayotgani, unga telefon qilib darhol chaqirgani va pediatr shifokor kelgandan so‘ng u kelib uni farzandini ko‘rishini ma’lum qilgan.

Shu payt fuqaro I.E. navbatchi shifokor A.E.ga tahdid qilib, «bu yer senga tibbiyot instituti emas, javobgarlikni his qilasanmi, bor topib kel, operatsiya deysan, tekshiryapti deysan, sen hali o‘ynashyapsanmi, mol do‘xtiri» degan so‘zlar bilan shifokorga haqoratomuz so‘zlarni gapirgan. Mazkur holat tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan videotasvirga olingan.

Shifokor A.E. ushbu holat yuzasidan avval murojaat etmagani sababli uning arizasi Navbahor tumani IIB NQning Sh-1 kitobidan 2019 yil 8 iyunda 408-qayddan o‘tkazilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Kun.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?