Sergelidagi chiqindixonadan o‘rnak olishga chaqirishdi

Facebook’dagi Potrebitel.uz guruhi foydalanuvchilaridan biri kiraverishdagi archa daraxtlari yonuvchi chiroqlar va Yangi yil zarlari bilan bezatilgan chiqindixona suratini joyladi, deb Uz24.uz.
Surat muallifining yozishicha, ushbu axlatxona Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan. Guruh foydalanuvchilari suratga izoh qoldirar ekan, bu axlatxonada tozalikka amal qilinishini va yozda ham xona gullari terib qo‘yilishini qayd etishgan. Ularning ko‘pchiligi boshqa chiqindixonalarni ham bundan o‘rnak olishga undagan.
Shuningdek, foydalanuvchilar tozalikni avval o‘zimizdan boshlash kerakligini, maishiy chiqindi xaltalarini uyimiz atrofiga, ariqlarga aksar hollarda bolalar emas, kattalar tashlab ketishi kishini ranjitishini aytgan.
Foto: Potrebitel.uz / Facebook “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing