Fuqarolik ishlari boʻyicha Denov tumanlararo sudining 03.02.2004-yildagi sud buyrugʻiga asosan qarzdor R.Buronovdan bir nafar farzandining moddiy taʼminoti uchun sobiq turmush oʻrtogʻi M.Xakimova foydasiga aliment undirish belgilangan.
R.Buronov farzandlarining moddiy taʼminoti uchun aliment toʻlashdan boʻyin tovlab, yashash manzilidan bedarak chiqib ketganligi uchun unga nisbatan 2019-yil 2-may kuni Majburiy ijro byurosining Denov tuman boʻlimi tomondan qidiruv eʼlon qilingan.
R.Buronov aliment pullarini toʻlashni paysalga solib qochib yurganligi sababli, oz emas, koʻp emas 17 million 500 ming soʻm qarzdorlik yigʻilib qolgan edi.
Aliment pullarini toʻlamasdan qochib ketsam mendan bu qarzdorliklarni undira olmaydi qabilidagi fikrlar bilan qochib ketishni lozim topdi.
Aliment davriy undiruv boʻlganligi sababli uning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish huquqlari vaqtincha cheklangan edi.
Byuroning tezkor qidiruvlari natijasida qarzdor ota Toshkent shahridan 3-iyun kuni qidirib topib keltirilgan. Qarzdor otaga aliment toʻlamaslik oqibatlari tushuntirilgandan soʻng, ota oʻz farzandining moddiy taʼminoti uchun yigʻilib qolgan aliment pullarini toʻliq toʻlab berdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi