Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi “Minor” jome masjidida o‘g‘rilik sodir etildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea joriy yilning 8 iyul kuni soat 13:00 da sodir bo‘lgan. “Minor” masjidida 18 yoshli Bilol X. va uning 2 nafar jinoiy sheriklari bilan qiymati 70 AQSh dollariga teng bo‘lgan va 25 yoshli Sunnatillo O.ga tegishli bo‘lgan sumkani o‘g‘irlagan. Sumkada Powerbank, barsetka, mobil telefon, aviachipta, milliy va xorijiy valyutada katta miqdorda pul bo‘lgan.
Bilol X. voqea joyidan yashirinmoqchi bo‘lganida IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Uning jinoiy sheriklarini ushlash choralari ko‘rilmoqda. Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169 moddasi ("O‘g‘rilik") asosida jinoiy ish qo‘zg‘atildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi