“100 foiz eng yaxshi qaynona bo‘laman”: Bibisoraning onasi to‘y haqidagi gaplarga javob berdi (video)

Qozog‘istonlik taniqli shaxmatchi Bibisora Assaubayeva va o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarovning ehtimoliy nikohi haqidagi mish-mishlar muhokama qilinmoqda. Bu mavzuga Bibisoraning onasi Liana Hakim ham o‘z munosabatini bildirdi.
U ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lajak kuyov va kelin, shuningdek, Sindarovning bobosi haqida ham ko‘plab fikrlar bildirilayotganini, biroq bo‘lajak qaynona haqida hech kim so‘ramayotganini hazil tariqasida ta’kidladi.
“Hammasi kuyovim kim bo‘lishiga bog‘liq. Men, ehtimol, eng yaxshi qaynona bo‘laman — bunga yuz foiz ishonaman”, — dedi Liana Hakim.
Shu tariqa u qizining shaxsiy hayoti atrofidagi muhokamalarga hazil-mutoyiba bilan javob qaytardi.
Hozircha Bibisora Assaubayeva va Javohir Sindarovning turmush qurishi haqida rasman ma’lumot berilmagan. Ehtimoliy to‘y sanasi yoki boshqa tashkiliy tafsilotlar ham ochiqlanmagan.































Izohlar 0
…