Foto: Madina Nurman
Reuters nashri O‘zbekistonda amaldorlar ishdan holdan toyib uxlab qolayotgani haqida maqola e’lon qildi, deb yozadi «Togri.uz».
Xorijliklar o‘zbekistonlik davlat xizmatchilari bilan noodatiy vazifa — muloqot chog‘ida hamsuhbatining uxlab qolmasligiga e’tibor qaratishlari kerak bo‘lmoqda, deyiladi Reuters chop etgan maqolada.
«U kunduzgi uchrashuv davomida ikki marta uxlab qoldi», — deydi moliyachi O‘zbekistonda o‘rta darajadagi xizmatchi bilan uchrashuvidan keyin Reuters’ga bergan xabarida.
O‘zbekistondagi vazirliklar va tashkilotlarda eski odat bor — rahbariyatdan oldin ishdan ketilmaydi, deb yozadi Reuters. Vaziyat ko‘p mehnat qiluvchi Shavkat Mirziyoyevning prezidentlikka kelganidan keyin yanada qiyinlashgan. Bu tabiiy ravishda boshqalarning ham ko‘p ishlashiga olib kelmoqda.
Xizmatchi holdan toyishi oqibatida hushidan ketgan, deyiladi xabarda.
Agentlikka ko‘ra, buning yorqin misoli sifatida yaqinda Toshkentda o‘tgan xalqaro konferensiya vaqtida sodir bo‘lgan. Ishtirokchilar o‘z joyini egallagan vaqtda davlat xizmatchilaridan biri kelishuvni tasdiqlab to‘satdan hushini yo‘qotgan.
«Xizmatchini hushsiz holatda olib ketishayotganda hamkasblari hayratlanmasdan tadbir arafasida qattiq stressga tushgan bo‘lishini ta’kidlashgan».
Bunday holat va atrofdagilarning unga bo‘lgan reaksiyasi O‘zbekistonda davlat xizmatchilari uch yildan beri dam olishlarsiz sutkasiga 15 soatdan ishlashi holdan toyishga olib kelishi haqida keng tarqalgan fikrni tasdiqlaydi, deb yozadi Reuters.
Natijada xorijlik tadbirkorlar yaqinda o‘z iqtisodini ochgan mamlakatda mahalliy davlat xizmatchilari bilan bo‘ladigan uchrashuvlarda — noodatiy vazifa ularni uxlab qolmasligiga e’tibor qaratish bo‘lmoqda.
Shavkat Mirziyoyev ehtimol tizimdagi kuchli charchoqni his qilgan chog‘i, o‘tgan oyda xizmatchilarga shanba kunlari 17:00 da ishdan ketishni, yakshanbani esa oilasi davrasida o‘tkazishni buyurdi.
«Ammo amalda hech nima o‘zgargani yo‘q. Hamon ishga soat 8 da kelaman va yarim tunda, 1 yoki 2 atrofida uyga qaytaman», — degan mahalliy davlat xizmatchilaridan biri Reuters’ga bergan intervyusida.
Ko‘rinib turibdi, O‘zbekiston amaldorlari mamlakatning bosh mehnatkashiga yetib olishda qiynalmoqda, deb yozadi Reuters muallifi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sherali Jo‘rayevning birinchi turmush o‘rtog‘i Xursanoy aya: “Botirjon Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li”
O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi
Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
Crocus'dagi teraktda ayblangan yana bir Tojikiston fuqarosi hibsga olindi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi