22:27 / 18.10.2019
4 551

Yonida fuqarolik pasporti bo‘lmagan shaxs qanday hollarda ichki ishlar bo‘limlariga olib ketiladi?

Yonida fuqarolik pasporti bo‘lmagan shaxs qanday hollarda ichki ishlar bo‘limlariga olib ketiladi?
- Ko‘chada yurgan, yonida fuqarolik pasporti bo‘lmagan shaxs qanday hollarda ichki ishlar bo‘limlariga olib ketiladi va ular necha kun davomida ushlab turilishi mumkin?
- Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 286- moddasiga asosan shaxsni 3 soat davomida ushlab turish mumkin. Masalan, ichki ishlar organi xodimi shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan fuqaroni aniqladi, shubha o‘yg‘otsa, uni ichki ishlar bo‘limlariga yoki profilaktika inspektori xonasiga olib kelib, bergan ma’lumotiga asosan tekshirib ko‘rib, 3 soat davomida shaxsini aniqlaydi.

Agar shaxs huquqbuzarlik holati sodir etgan bo‘lsa, huquqbuzarlik ma’muriy sud bilan bog‘liq bo‘lsa, ma’muriy sud huquqbuzarlik uchun chora ko‘rishi kerak bo‘lsa, 1 sutkagacha ushlab turish huquqiga ega. Agar hech qanaqangi vakolatli masalalar bo‘lmasa, 3 soat ichida o‘sha shaxsni qo‘yvoradi- deya javob berdi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huqubuzarlik profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Davron Azizov.

- Mana shu yilning oxirigacha birinchi bosqichda-profilaktika inspektorlariga planshetlar beriladi, ikkinchi bosqichi keyingi yilning yarim yilligiga qadar davom etadi. O‘shanda profilaktika inspektori fuqaroni to‘xtatganda planshetdagi dasturi asosida, qo‘l barmoq izlari bilan shaxsini tekshirib ketadigan bo‘ladi. O‘shanda pasportning hojati ham bo‘lmay qoladi. Demakki, keyingi yilning yarim yilligigacha bu muammolar hal etiladi.

Bu albatta biometrik pasport bilan ham bog‘liq, xabaringiz bor, mana shu yilning oxirigacha fuqarolarning barchasi biometrik pasport olishi kerak. Shunda, tekshiruv vaqtida profilaktika inspektorining planshetidagi dasturga barmoq izini qo‘yganda, o‘sha fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi fotosurati, hamma ma’lumotlari chiqib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yonida fuqarolik pasporti bo‘lmagan shaxs qanday hollarda ichki ishlar bo‘limlariga olib ketiladi?