23:43 / 18.10.2019
4 447

Navoiyda Nexia portlab ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Navoiyda Nexia portlab ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
Foto: Telegram
Navoiy viloyatida A-379 yo‘lining Konimex tumani hududan o‘tgan qismida 18 oktyabr kuni soat 6:30 atrofida kulrang Nexia avtomobili portlab ketgan. Hodisaga gaz ballon moslamasining yorilib ketishi sabab bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda hodisadan so‘ng yo‘l ma’lum muddat yopilgani haqida xabarlar qoldirilgan. «Mashinaning faqat old kapoti qolgan. Qolgan joylari ichidagi yo‘lovchilari bilan birga titilib, yo‘q bo‘lib ketgan. Qutqaruv xizmati yo‘lovchilarning tana bo‘laklarini izlab yuribdi», — deb yozadi foydalanuvchilarning biri.

Foto: Telegram
Telegram’da portlagan mashina suratlari ham paydo bo‘lgan — unda haqiqatan ham Nexia’ning faqat old qismi qolganini ko‘rish mumkin. Navoiy viloyatidagi rasmiy manbalarning «Daryo»ga ma’lum qilishicha, hodisa oqibatida ikki kishi voqea joyida halok bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda Nexia portlab ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi