Men qurilish-ishlab chiqarish tashkilotida boshliq bo‘lib ishlaganman. Ob’ektlarda turli xil ko‘ngilsiz vaziyatlar bo‘lar edi. Ishchi xodimlar, brigadir va prorablarni koyir, shu bois mukofot to‘lovidan mahrum qilinib, ishdan bo‘shatishgacha borganman. Ammo hech qachon inson nafsoniyatiga tegadigan gapni gapirishga yo‘l qo‘ymaganman.
Neftgaz sohasida ham ishladim. U yerdagi xavfsizlikka oid jiddiy holatlar bo‘lishidan xabarim bor, muammolarni hal qilish uchun faqat tizimli ish olib borsagina nazoratni ushlab turish mumkinligini bilaman. Undan tashqari men o‘z vaqtida Lukoylni ilg‘or texnolgiyalarga egaligini e’tirof qilib, O‘zbekiston uchun kerakli kompaniyalardan ekanligini aytgan edim. Shuning uchun bu haqda o‘z fikrimni ochiq ayta olaman.
Jamiyatimiz bilan esa xulosalarim bilan bo‘lishmoqchiman. Bunday xulq sizga ba’zi hokim va boshliqlarning atvorini eslatmadimi? Bu baloning ildizi bir: sovet-bolsheviklarcha ma’muriy buyruqboz va zo‘ravonlik tizimi onglarda xaligacha hukmron. Moddiy rag‘batlantirish bo‘lmaganda va g‘oya bilan yetaklash kuchini yo‘qotgan vaqtda insonni faqat qul ekanini miyasiga singdirib ishlata olish mumkin. Atayin kamchiliklar sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilib, inson tinmay onasidan, millatidan, kelib chiqishidan haqorat qilaveradi, ayb kompleksi orqali uning shaxsiyati sindiriladi.
Bizga yangicha boshqaruv uslubi kerak. Yangi narsa ixtiro qilmay, g‘arb korporativ madaniyati va muomala standartlarini zudlik bilan joriy qilish kerak. Buni taklif qila olmaydigan xalqaro hamkorlar bizga kerakmas. Rossiyada ko‘p korporatsiyalar o‘zlarida g‘arbiy uslubni joriy eta olishgan, ammo nega O‘zbekistonga kelib sovetcha uslubga yo‘l qaytilyapti?
Rivojlangan ma’rifatli mamlakatlarda ma’lum millat yoki irq vakilini haqoratlashga nisbat beriladigan ma’lum so‘zlar iste’moli ustidan nazorat olib boriladi. Bular sabzovot, meva, hayvon nomlari, «n» xarfdan boshlanadigan so‘z va hokazolar. Biron millat va elatga taaluqli shunday so‘zlar ishlatilib qolsa katta janjallar boshlanadi, huquqiy baho beriladi va rasmiy uzr so‘rash talab qilinadi. Shuning uchun bu mamlakatlarda korporativ multimadaniyat odob axloq normalariga jiddiy ahamiyat beriladi.
Lukoylda ishlovchi o‘zbekistonlik ishchilarni haqorat qilgan xodimga nisbatan rasmiy chora ko‘rilishi va Lukoylning o‘zi O‘zbekiston xalqi oldida rasmiy bayonot bilan kechirim so‘rashini talab qilaman.
Ha, aytgancha. O‘sha oq kaskali zo‘ravonga aytib qo‘yish kerak. Qishloqda tug‘ilmagan bo‘lmasam ham bunday vaziyatda men ham qishloqdanman va bu bilan faxrlanaman.
Jamshid Muslimov
Manba: Sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi