«Real» Enso Fernandes uchun ikki futbolchisini taklif qilmoqchi

«Chelsi» yarimhimoyachisi Enso Fernandes Madridning «Real» klubi uchun asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylandi. Bu haqda Defensa Central nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres 25 yoshli argentinalik futbolchini Madridga olib kelish imkoniyatlarini jiddiy o‘rganmoqda.
Qayd etilishicha, «Real» Fernandes transferi uchun «Chelsi»ga bir yo‘la ikki nafar futbolchisini taklif qilishga tayyor. Madridliklar qanot himoyachisi Alvaro Karreras va yarimhimoyachi Eduardo Kamavingani kelishuvning bir qismi sifatida London klubiga berishi mumkin.
Enso Fernandes «Chelsi» yarimhimoyasidagi asosiy futbolchilardan biri hisoblanadi. Shu sababli uning transferi oson kechmasligi kutilmoqda.
Argentinalik futbolchining bozor qiymati 90 million yevroga baholanmoqda. Uning «ko‘klar» bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Endi asosiy masala — «Chelsi» Karreras va Kamavinga ishtirokidagi ehtimoliy taklifni ko‘rib chiqadimi yoki Enso Fernandesni jamoada saqlab qolishni afzal biladimi.































Izohlar 0
…