
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga oid mavzu tarmoqda hanuz muhokamalar markazida qolmoqda.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ham mazkur masala yuzasidan bayonot berdi.
«Bosh prokuratura tomonidan Internet nashrlarida va ijtimoiy tarmoqlarda 2019 yil 16 noyabr kuni Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayevga mansubligi ta’kidlanib tarqatilgan audioyozuvlarning haqqoniyligi, qachon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar o‘rganilmoqda.
O‘rganish natijalari har tomonlama qonun doirasida ko‘rib chiqilib, ular yuzasidan qo‘shimcha bayonot beriladi» deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Toshkent ShaharJahongir Ortiqxo‘jayevBosh ProkuraturaInternet NashrlariIjtimoiy TarmoqlarAudioyozuvlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing