13:43 / 19.11.2019
5 572

Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovning hashamatli uyi hayratlanarli narxda sotuvga qoʻyildi

Sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovning hashamatli uyi hayratlanarli narxda sotuvga qoʻyildi
Oʻzbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirovning Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani
Sadaf koʻchasi, 5-berk, 7-9-uyi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlarning ijro hujjatiga asosan sotuvga qoʻyildi.

Narxni oshirib borish tamoyili boʻyicha auksionga qoʻyilgan mazkur mulkning ochiq auksion savdosiga qoʻyilgan boshlangʻich bahosi 10 007 940 000 (oʻn millard yetti millon toʻqqiz yuz qirq ming) soʻm. Turar-joy binosi 10 ta xonadan iborat.

Jinoyat ishlari boʻyicha Yashnobod tuman sudi qaroriga koʻra, Yashnobod MIB boʻlimi tomonidan E-ijro auksion ochiq auksioniga qoʻyilgan mazkur turar-joy binosi ayrim maʼlumotlarga koʻra, sobiq bosh prokuror Rashid Qodirovga tegishli boʻlib, uning turmush oʻrtogʻi nomida boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, Rashid Qodirov 2019-yil iyun oyida 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan va eng kam oylik ish haqining 500 baravari miqdorida jarima bilan jazolangan edi. U pora berishga dalolat qilish, firibgarlik, soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash, tergov qilishga va sud ishlarini hal etishga aralashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan edi.

Rashid Qodirov hashamatli uyi sotuvga qoʻyildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)