Bugungi kunda elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvidan tejab-tergab foydalanish, iste’mol qilingan bu ne’matlar uchun vaqtida to‘lovni amalga oshirish har bir fuqaroning burchidir.
Biroq, ana shu ma’suliyatni ayrim iste’molchilar tomonidan unutib qo‘yilayotgani Byuro organlari tomonidan olib borilayotgan kunlik tadbirlar davomida aniqlanmoqda.
Jumladan, MIB Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan Rovut mahallasida o‘tkazilgan monitoring davomida huquqbuzarlik holatini aniqladilar, ya’ni fuqaro B.To‘raboyevning yashash xonadonida to‘lov intizomiga amal qilish va energiya resurslaridan foydalanish holati ko‘rilganda antiqa holatga duch kelindi. Ya’ni ushbu fuqaro elektr hisoblagichdan tashqari tarmoqqa yashirin ravishda ulanib, foydalanib kelganligi fosh bo‘ldi.
Ushbu noqonuniy hatti–harakati bilan fuqaro B.To‘raboyev ta’minotchi korxona manfaatlariga salkam 5 million so‘m zarar yetkazgani aniqlandi va O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 101-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etgan deb topildi. Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan eng kam oylik ish haqining 5 barobari miqdorida jarima jazosi qo‘llanildi.
Ma’lumot o‘rnida: MIB Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning 10 oyi mobaynida energiya resurslari, ichimlik suvidan foydalanish bilan bog‘liq 138 ta huqubuzarlik holati fosh etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi