2 992
Ulug‘bek Inoyatov: «Oldingi davrda o‘qituvchilarning majburiy mehnatga jalb etilishini vatanparvarlikka yo‘yganmiz»
“Men fikrimda hozir ham qolaman. Besh yuz ming so‘m bir kishini boqish uchun yetadi. O‘n sekund deyilgani uchun gapim chala qolib ketdi”, dedi Xalq demokratik partiyasi raisi Ulug‘bek Inoyatov “Debatdan so‘ng” ko‘rsatuvida.
Inoyatovning e’tirof etishicha, unda hali u darajada ko‘nikma, bilimlar yetishmaydi.
“Men pedagogman, men menejerman. Siyosatchi sifatida gapirish o‘ziga yarasha murakkab, malaka talab qiladigan soha ekan”, dedi u.
XDP raisi o‘rinbosari Maqsuda Vorisovaning so‘zlariga ko‘ra, yuqorida aytilgan raqam Iqtisodiyot vazirligi tomonidan o‘rganib chiqilgan hisob-kitoblar asosida olingan. Partiya vakillarining aytishlaricha, bu hattoki to‘rt yuz ming so‘mni tashkil etgan.
XDP qaysi partiyani o‘ziga raqobatchi deb bilishi to‘g‘risidagi savolga Inoyatov “biz barcha partiyalarni o‘zimiz uchun raqobatchi deb bilamiz”, dedb javob qaytardi.
Maqsuda Vorisovaning aytishicha, oldingi chaqiriqda saylangan deputatlarning asosiy vazifasi yuqoridan kelgan ko‘rsatmalarni ma’qullash, shunga qarab reja tuzish va bajarish bo‘lgan.
“Bizga ijroni nazorat qilish huquqi endi berildi, biz endi bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot talab qilish huquqiga ega bo‘ldik”, dedi u.
Ulug‘bek Inoyatov ilgari xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlagan vaqtida o‘qituvchilarning majburiy mehnatga jalb etilishini vatanparvarlik deb bilganini e’tirof etdi.
“O‘qituvchilarning paxtaga chiqishi masalasida o‘zim bosh-qosh bo‘lganman. Viloyatlarga borib, o‘qituvchilar bilan uchrashib, kelinglar, bu xalqimiz boyligi, biz davlatdan mablag‘ olamiz”, deganman. Hukumat almashganidan keyin vazir sifatida ikki yil ishladim va birinchi olgan hayfsanimni ham majburiy mehnatga yo‘l ochib berganim uchun oldim. Oldingi davrda tizim shunaqa edi, churq etmasdan vazifani bajarish shart bo‘lgan”, dedi u.
XDP vakillari shuningdek, partiyalarning mustaqilligi, tibbiy ta’lim tizimini isloh qilish, migrantlar to‘g‘risida o‘z fikrlarini bayon etdilar.
Suhbatni batafsil quyidagi video orqali tomosha qilish mumkin.
"Debatdan so'ng..." 3-son. XDP raisi Ulug'bek Inoyatov shaxs sifatida qanday odam? #saylov2019, #mediahall
Опубликовано Қобулжоном Аҳмедовым Вторник, 17 декабря 2019 г.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi