
Saida Mirziyoyeva o‘zining telegramdagi kanalida bugun "Ko‘ngil ko‘zi" loyihasi doirasida Yangi yil bayrami arafasida "Sovg‘alar karvoni" xayriya aksiyasi boshlashini yozdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu karvon mamlakatimizning ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan barcha bolalar maktab-internatlariga yetkaziladi.
- Loyiha rahbari sifatida shuni aytamanki, endi har bir internat zamonaviy sport anjomlari, turli musiqa asboblari va Brayl alifbosida ko‘plab chop etilgan bosma hamda audio kitoblarga ega bo‘ladi.
Umid qilamizki, Agentlikning ushbu aksiyasi sizning qalbingizga iliqlik olib kiradi, sizga Yangi yilning bayramona kayfiyatini tuhfa etadi va salomatligingizni mustahkamlashda, ko‘zlagan maqsadlaringizni amalga oshirish va hayotda zafarlarga erishishingizda yordam beradi, - deydi S.Mirziyoyeva.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar