
Bugun, 21 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda ishtirok etayotgan prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida ijtimoiy sohaga budjet tomonidan berilayotgan mablag‘larning talon-toroj qilinayotganiga e’tibor qaratdi va yana bir bor korrupsiyaga qarshi kurash haqida gapirdi.
«Ijtimoiy sohaga budjet toonidan berilayotgan mablag‘lar talon-toroj qilinmoqda. Biz yaqinda Iqtisodiyot universitetidagi eng katta korrupsionerni ishdan bo‘shatdik. Uning o‘rniga o‘zim bilgan kishini qo‘ydim.
U yerda o‘qituvchilarning 60 foizi attestatsiyadan o‘ta olmadi. 60 foiz. Tasavvur qilinglar, kimlar bolalarimizga dars bergan.
Ikkinchi tomoni, 60 attestatsiyadan o‘tmagan o‘qituvchilarning o‘rniga tayyor kadr bormi-yo‘qmi? Ming afsuski, yo‘q.
Takror aytaman, hurmatli senator va deputatlar, rahbarlar, korrupsiyani yo‘q qilib, hammamiz qotgan non yesak ham o‘zimiz o‘rnak bo‘lolsak, keskin o‘zgarish bo‘ladi.
Biz o‘zimiz qo‘sh-qo‘sh qilib yaxshi mashinalar minsak, 4 qavatli uylar qilib yursak hech qachon maqsadlarimizga yetolmaymiz.
Biz rahbarlar namuna bo‘lolsak hammasi yaxshi bo‘ladi», deya Shavkat Mirziyoyev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar