Yerfurushlik bilan bog‘liq jinoyatlar «Ivan Vasilevich kasbini o‘zgartiradi» kinosidagi soxta shohning gaplarini yodga solaveradi deng: «Oluvringlar, davlatning yeri kamayib qolmaydi».
Ilgari ham, hozir ham yer maydonlari – davlatniki. Tegishli tartib-qoidalarga asosan sotib olinsa, boshqa gap. Aholi yildan yilga ko‘payib, har qarich yer qadri oshib borar ekan, davlatning yerini o‘zlashtirishga harakat bo‘laverar ekanda.
Mana, Namanganning Yangiqo‘rg‘onida yerfurushlikka oid yana bir jinoyat fosh etildi. Ya’nikim, tumandagi fermerlardan biri o‘ziga ijara asosida biriktirib berilgan ochiq yer maydonidan 2 gektari pullashga tushsami?! Shuncha yer maydonini fuqaro N.R.ga xususiy bog‘dorchilik va uy-joy qurish uchun rasmiylashtirib berishni 35 ming AQSH dollariga baholab, 4000 «ko‘k»i-yu qolganini o‘zimizning so‘mda (28,5 mln.) olayotganida ushlandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining mahkama huzuridagi departament ma’lumotlariga tayanib bergan xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harkatlari olib borilmoqda.
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan?
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Volkswagen va Volvo kompaniyalari O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi