3 328
Samarqandda mol bozorida narxni kelisha olmagan sotuvchi xaridorning boshini urib yordi
Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
Payariqda mol bozordagi sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi janjal kelib chiqdi, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Qayd etilishicha, voqea 13 yanvar kuni taxminan soat 08:30 larda sodir bo‘lgan. 27 yoshli F.M. Payariq tumanidagi «mol bozori»da 25 yoshli U.I. ga qoramol sotayotgan vaqtida uning narxi yuzasidan tortishib o‘zaro janjallashib qolgan va qattiq jism bilan U.I.ni bosh qismiga zarb bilan urgan.
Oqibatda U.I. tan jarohati olgan va Payariq tuman markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan. Sudga oid tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, U.I. «og‘ir» tan jarohatlari olganligi ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan 23 yanvar kuni Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan F.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi