Foto: «VeniVidi.ru»
O‘zbekiston bir guruh turkiyalik investorlar da’vosiga binoan chiqarilgan Investitsiyaviy nizolarni hal qilish bo‘yicha xalqaro markazning (ICSID) arbitraj tribunali qarorini bekor qilish haqida kassatsiya shikoyatini kiritdi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz»ga tayanib Daryo.
Xalqaro arbitraj sudi 2019 yilning oktabr oyida Güneş Tekstil va boshqa biznesmenlarning da’vosi bo‘yicha O‘zbekistonga musodara qilingan mol-mulkining kompensatsiyasi sifatida Turkuaz savdo markaziga sarmoya kiritgan turk investorlariga 40 million dollar to‘lashi kerakligi haqida qaror chiqargandi.
Toshkentdagi Turkuaz savdo markazi 2011 yilda yopilgan edi. Hukumat bunga bir qancha qonunbuzarliklar sodir etilganini sabab qilib ko‘rsatgan. 2013 yilda Güneş Tekstil vakili, Turkuaz savdo markazi egasi bo‘lgan Vohid Gunesh va boshqa bir guruh investorlar O‘zbekiston yetkazilgan zararni to‘lashini talab qilib, ICSID’ga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.
12 fevral, chorshanba kuni, O‘zbekiston manfaatlarini ifoda etuvchi Amerikaning White & Case advokatlik firmasi sud jarayonini qayta boshlash tashabbusi bilan chiqdi. ICSID bosh kotibi arizani ro‘yxatdan o‘tkazdi va qarorning bajarilishi vaqtincha to‘xtatib qo‘yilganligi to‘g‘risida tomonlarni xabardor qildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Global Janub kimniki?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi