Ayni paytda poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan «O‘zbegim ayoli» festivalida so‘zga chiqqan Saida Mirziyoyeva oilasi bilan bog‘liq voqealarni gapirib o‘tdi.
— Mening ammam borlar, Dadamning opalari. Ularni judayam yaxshi ko‘raman, — dedi S. Mirziyoyeva. — Meni opichlab katta qilganlar. Buvim vafot etganlarida dadam 9, opalari 12 yoshda bo‘lganlar. Mana shu 12 yoshlik qizaloq ona o‘rnida dadamni voyaga yetkazganlar. O‘qishga kirib, Samarqandga ketgan paytlari ham stipendiyani o‘zlariga ishlatmay ukalari, ya’ni dadam bilan baham ko‘rganlar.
O‘zlari yoshgina bo‘lib onasiz qolgan ukaga g‘amxo‘rlik qilish ular uchun tabiiy hol edi. «Men qahramonlik ko‘rsatyapman», degan gap ammajonimning xayoliga ham kelmagan.
Ochig‘ini aytsam, ammajonim bilan bizning munosabatimiz ajoyib. Bir-birimizga muhabbatimiz cheksiz. Har bir chiqishim bo‘lsa yoki biror joyda muvaffaqiyatga erishsam, telefon qiladilar yoki sms yozib qo‘yadilar: «Bolajonim, barakalla, sen bilan g‘ururlanaman. Men doim oldingdaman», deydi.
Kuni kecha Dubayga forumga bordik. «Global ayollar forumi»da ishtirok etganimda nutq so‘zladim. Forumdan keyin telefon bo‘lmadi. Hayronman ammam nega jim yoki chiqishimni ko‘rmay qoldilarmi yoki mazalari yo‘qmikin deb xavotirga tushib qoldim. Yo‘q, bilsam agar «ayfon»lari buzilib qolibdi. 65 yoshda bo‘lsalar ham ayfonda o‘tiradilar, har doim telefon qilib yoki yozib qo‘yadilar, har kuni gaplashib turamiz...» “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi