Samarqandda MIB xodimlariga o‘t qo‘yishga uringan ayol sud qilinadi

1 daqiqa o'qish2.6K
Samarqandda MIB xodimlariga o‘t qo‘yishga uringan ayol sud qilinadi
Jinoyat ishini ko‘rish 2020 yil 19 mart kuniga belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Samarqand shahrida MIB xodimlari va fuqaro o‘rtasida sodir bo‘lgan holat yuzasidan ma’lumot berdi, deb yozmoqda Kun nashri.

2020 yil 21 yanvar kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi davlat ijrochisi M. Bekmuhammedov, bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari F. Ibragimov va jami 23 nafar davlat ijrochilari bilan birgalikda ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining 2019 yil 12 sentabrdagi ijro hujjatiga asosan uy-joydan chiqarish yuzasidan Samarqand shahri Navoiy shohko‘chasi 49-uy 16-xonadonda majburiy ijro harakatlarini boshlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shu jarayonda fuqaro D.R. uy-joydan chiqishdan qat’iy bosh tortib, MIB Samarqand shahar bo‘limi xodimlarining xizmat faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatib, ularni ustiga benzin yoqilg‘isini sepib, qo‘lida yonib turgan sochiqni ularni ustiga qasddan uloqtirib yuborib, davlat ijrochilarini xizmat vazifalarini bajarishdan voz kechishiga majbur qilgan.

Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan ayblangan D.R. (1978 yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz, muqaddam sudlangan, 2020 yil 23 yanvardan unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan)ga nisbatan yuritilgan jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining ish yurituviga kelib tushgan.

Oliy sud ma’lumotida aytilishicha, ushbu jinoyat ishini ko‘rish 2020 yil 19 mart kuniga belgilangan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?