O‘zbekistonda koronavirus tufayli qator cheklovlar joriy etildi

O‘zbekistonda koronavirus tufayli qator cheklovlar joriy etildi
Mamlakatimizda koronavirus bo‘yicha bir qator profilaktik cheklovlar joriy etildi:
- barcha davolash-profilaktika muassasalarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi bo‘yicha cheklov o‘rnatiladi;
- bemorlarni ko‘rgani kelgan va boshqa begona shaxslarni davolash-profilaktika muassasalariga kirishi, bemorlarni tashxisot-davolash ishlariga bog‘liq bo‘lmagan shaxslar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishlari taqiqlanadi;
- davolash-profilaktika muassasalariga kelayotgan bemorlarni tana haroratini o‘lchash, epidemiologik surishtiruv va koronavirus belgilariga tekshirib filtrdan o‘tkazish tashkil etiladi;
- davolash-profilaktika muassasalariga kirish va chiqishni qat’iy tartib asosida amalga oshirilishi va ichki ishlar boshqarmalarini jalb etgan holda muassasani perimetri bo‘ylab kunu-tun qo‘riqlanishi joriy etiladi;
- Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi huzuridagi virusologiya laboratoriyasi COVID-19 koronavirus infeksiyasiga laboratoriya tahlillarini o‘tkazish milliy referens laboratoriyasi deb belgilanadi hamda Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti va hududiy SEOM virusologiya laboratoriyalarida o‘tkazilgan tahlillar musbat natija bergan hollarda milliy referens laboratoriyasida qayta tekshiruvdan o‘tkazilib, uning natijasiga asosan yakuniy tashxis qo‘yish amaliyoti joriy etiladi;
- bemor va uning oila a’zolari, bemor bilan muloqotda bo‘lganlarning shaxsiy ma’lumotlari sir saqlanishi bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi;
- epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan shaxslar hamda ular bilan muloqotda bo‘lganlarni kasallikka laboratoriyada tekshirish uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlarida kirish-chiqish tartibi bo‘lgan alohida maxsus namuna olish va kutish xonalari tashkil etiladi, bunda, tahlil natijasi chiqqunga qadar bemorlarni yuz niqobini taqqan holda kutib turishlari joriy etiladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar