19 mart kuni soat 17:30 larda Toshkent viloyati, O‘rtachirchiq tumani hududidan o‘tuvchi “Toshkent-Nurafshon” avtomobil yo‘lining 22-kilometrida haydovchi B.A. boshqaruvidagi “Damas” rusumli transport vositasida yong‘in sodir bo‘lgan. Ushbu yong‘in holati aks etgan video tez fursatda internet tarmog‘ida tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan IIV YHXBB Axborot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelishgan va yong‘in bartaraf etilgan.
Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositasi saloni va texnik qismlari yonib ketgan. Yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Hurmatli haydovchilar boshqaruvingizdagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lishingizni so‘rab qolamiz, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi