Foto: 123RF
Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan karantin davrida notarius va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish davlat xizmatlariga zarurat bo‘lmasa, murojaat etmaslik tavsiya qilinmoqda.
Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva karantin davrida vasiyatnomani rasmiylashtirish notarial xizmatidan tashqari, boshqa notarial va FXDYO davlat xizmatlariga zaruratsiz murojaat etmaslikni tavsiya etdi.
«25 martdan boshlab, nafaqat Adliya vazirligi, balki uning tizimidagi idoralar ham mamlakatimizda kuzatilayotgan karantin tartibi tufayli boshqacha ishlashga o‘tgan. Bunda fuqarolardan uyda bo‘lishi va karantin holati bilan bog‘liq tartiblarga rioya qilishini so‘ragan holda, FXDYO, notarius va davlat xizmatlari markazlariga onlayn murojaat etishi ko‘rsatildi. Kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar yuzaga kelganda, avvaldan avtomatlashtirilgan e-notarius.uz saytida ro‘yxatdan o‘tib, hujjatlarning elektron nusxasini yuborishi kerak», - deydi u.
Ta’kidlanishicha, fuqarolar kechiktirib bo‘lmaydigan holat sifatida vasiyatnomaga bog‘liq masalalar bo‘yicha notariusga murojaat qilish mumkin. Boshqa xizmatlar bo‘yicha zarurat sezilmasa, notariusdan telefon orqali ma’lumot olish imkoniyati mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin