
9 may bayrami yaqinlashib kelmoqda, Xotira va qadirlash kunida ko‘pchilik ota-bobolarining qabrlarini ziyorat qilishga boradi. Har yili bu odat tusiga kirgan. Karantin davrida nima bo‘ladi? Qabristonlarga borishga ruxsat etiladimi? Ushbu savolga Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov javob berdi.
“Hurmatli fuqarolar, respublikamiz hukumati tomonidan, ilgari o‘tkazilishi rejalashtirilgan ayrim tadbirlarni, ya’ni diniy marosimlar, xotira va qadrlash hamda shunga o‘xshagan tadbirlarni karantin talablaridan kelib chiqib, vaqtincha cheklash bo‘yicha qaror qabul qilingan.
Karantin cheklovlari yumshatilib, ushbu turdagi marosimlar va bayram tadbirlariga ruxsat berilishi bilan, jamoatchilikka bu xaqda zudlik bilan yetkaziladi.
To‘g‘ri tushunib, karantin qoidalariga rioya etayotganingiz uchun minnatdorlik bildiramiz”, deydi G‘iyosov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar