21:39 / 28.04.2020
2 978

Karantin davrida iftorlik va toraveh namozini qanday ado etish kerak? (Video)

Karantin davrida iftorlik va toraveh namozini qanday ado etish kerak? (Video)
Kuni kecha Azharning xalqaro elektron fatvolar markazi "shifokorlar ro‘za koronavirusga chalinish va u orqali halok bo‘lish xavfini kuchaytiradi degan taqdirda va bu narsa ilmiy jihatdan o‘z tasdig‘ini topganda, ro‘za tutmaslik mumkin bo‘ladi", degan fikrlarni e’lon qildi. Va unga qo‘shimcha ravishda ayni paytda ro‘za kasallikka chalinishga sabab bo‘lishi mumkinligi "hozirgacha ilmiy tasdig‘ini topgan emas", deb ham qayd etgan.

Darhaqiqat, karantin vaqtida ro‘zani qanday tutmoq kerak. Bunda odatdagi yillardan farqli ravishda ro‘za tutishda nimalarga e’tiborli bo‘lishimiz shart?
Bu borada yana qanday tavsiyalar mavjudligi bilan qiziqib, poytaxtimizdagi “Novza” jome masjidi imom xatibi Jaloliddin HAMROQULOVga murojaat etdik.

– Bu yilgi ro‘za ham o‘tgan yilgi ro‘zalardan hech farq qilmaydi, – deydi J.Hamroqulov. – Chunki karantinda o‘tirganda ro‘za tutish yanada oson. Harakat kam bo‘ladi, ham bu yil o‘tgan yilga qaraganda Ramazon oyi 10 kun avval keldi. Eng muhimi, yaqinlarimiz va qo‘ni –qo‘shnilarimiz orasida yordamga muhtojlar bo‘lsa, imkon qadar ularni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak bo‘ladi.

Istisno sifatida aytishimiz mumkin, bu yil Ramazon oyida sunnat bo‘lgan Taroveh namozlari uyda o‘qiladi. Farz namozlar uyda o‘qilib turganda, sunnat namozining uyda o‘qilishi o‘z-o‘zidan tushunarli. Xatmi Qur’onlar telivedeniye orqali olib berilishi rejalashtirilgan.

Har yili tashkil qilinadigan ko‘p kishilik iftorlik ziyofatlari bo‘lmaydi. Uning o‘rniga oila davrasida iftorliklar va muhtojlarga pul yoki taom ko‘rinishidagi ehsonlar bo‘ladi. Bu muqobil ko‘rinishlar bilan ham maqsad hosil bo‘ladi, qiynalgan oilalarga xursandchilik ulashiladi. Alloh taolo barchamizga muborak Ramazon oyini ko‘tarinki ruhda o‘tkazishni nasib qilsin. Shu muborak oyda turli balolar, xususan, tojsimon virusni ham boshimizdan daf etsin!

Shu o‘rinda qayd etish kerakki, Ramazon oyida taroveh namozida Qur’onni xatm qilish sunnat amallardan hisoblanadi. Qodir bo‘lgan kishilar taroveh namozlarida o‘z oilalari bilan birga o‘qishlari mumkin. Qodir bo‘lmaganlar ijtimoiy tarmoqlarda qorilar tomonidan onlayn tarzda uzatiladigan xatmni tinglashlari mumkin. Zero, Qur’onni eshitish ham uni qiroat qilish kabi savobli amallardandir.
[media=https://youtu.be/SIpX1xCHKAA]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karantin davrida iftorlik va toraveh namozini qanday ado etish kerak? (Video)