15:21 / 04.05.2020
4 030

Qaysi hududlarda karantin talablarini yumshatish boshlanadi?

Qaysi hududlarda karantin talablarini yumshatish boshlanadi?
Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Atabekov bugun AOKA shtabida bo‘lib o‘tgan brifingda karantin talablari qaysi hududlarda yumshatila boshlanishi yuzasidan izoh berdi:

— Joriy yilning 29 aprelida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanib, ijobiy tomonga o‘zgarib borishi bilan, 10 maydan keyin karantin rejimini bosqichma-bosqich yumshatishga qaratilgan ishlarni jadallashtirish lozimligi ta’kidlandi va karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatishga qaratilgan ishlarni jadallashtirish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qaror qabul qildi.

Ushbu Qarorning 1-bandida respublikada koronavirus infeksiyasining tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sog‘ayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda joriy etilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilinsin, deyilgan.

Bugungi kunda respublikamizda kasallik umuman qayd etilmagan qishloqlar, tumanlar ancha ko‘p, hatto Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida aniqlangan bemorlarning barchasi sog‘aygan.

karantin yumshatish hududlar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)