16:08 / 22.06.2020
3 829

Koronavirusning og‘irlik darajasi qon guruhiga bog‘liqligi tasdiqlandi

Koronavirusning og‘irlik darajasi qon guruhiga bog‘liqligi tasdiqlandi
Foto: «Moskva» agentligi
Olimlar qon guruhi va koronavirusning og‘irlik darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tasdiqladi. Bu haqda The New England Journal of Medicine jurnalida chop etilgan maqolada so‘z boradi.

Ma’lum qilinishicha, mustaqil tadqiqotlar Xitoydagi tibbiyot muassasalarida, AQSHdagi Kolumbiya universiteti va Erondagi Mazandaran tibbiyot universitetida o‘tkazilgan.

Tadqiqotchilar COVID-19 infeksiyasi II qon guruhiga ega insonlarda og‘ir kechishi to‘g‘risidagi xulosaga kelgan. Shu bilan birga, III va IV qon guruhli insonlarda kasallikning og‘ir kechish ehtimolligi II ga qaraganda kam, biroq I dan ko‘ra ko‘proq.

Avvalroq Rossiya federal tibbiy-biologik agentligi rahbari Veronika Skvorsova ikkinchi qon guruhiga mansub kishilar boshqalarga nisbatan ko‘proq koronavirus bilan kasallanayotganini ma’lum qilgandi. Keyinroq amerikalik mutaxassislar mijozlarning jinsi, vazni va yoshini hisobga olgan holda birinchi qon guruhi bo‘lgan odamlar orasida koronavirus bilan kasallanish darajasi 9—18 foizga pastligini aniqlagan edi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusning og‘irlik darajasi qon guruhiga bog‘liqligi tasdiqlandi