O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov o‘tgan va joriy yilda tizimning necha nafar xodimi turli darajadagi javobgarlikka tortilgani haqida ma’lumot keltirdi. Unga ko‘ra, karantin qoidalarini buzgani uchun 78 nafar ichki ishlar organlari xodimi jarimaga tortilgan, 1 nafari hatto ishdan bo‘shatilgan.
2019 yilda jami 7039 ta xodimga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilganini aytgan matbuot kotibi birgina yo‘l harakat qoidalarini buzgan uchun 1223 nafar xodim jarimaga tortilganiga urg‘u berdi. Jinoiy javobgarlikka tortilgan xodimlar ham oz emas: 133 nafar!
Joriy yil boshidan buyon 2350 nafar xizmat intizomini buzgan xodim aniqlangan, 45 xodim jinoiy javobgarlikka tortilgan.
«Mana raqamlar, endi kim ayta oladi bular o‘zinikini berkitadi, deb. Qonun ustuvorligini ta’minlash, so‘zda emas, amalda, hozirda bizning birinchi vazifamizdir», deya ta’kidladi u.
Shohruh G‘iyosov vazirlik tozalash bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirilayotganini aytar ekan, IIO saflariga «adashib kirib qolganlar» iborasini ham ishlatadi. Ayni ibora esa savol tug‘dirishi aniq: tizimga ishga kirish uchun ozmuncha chig‘iriqdan o‘tilmaydi, nahot shundayam «adashib kirib qolish» mumkin bo‘lsa?! “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi