Qonunchilikka ko‘ra, nikohga kirish uchun ariza bergandan keyin 1 oydan keyin ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bu muddatni 6 oyga, hech bo‘lmasa 3 oyga uzaytirish kerak, deb hisoblaydi Oliy sud raisi o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov.
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida oilaviy ajrimlarni kamaytirish masalasida davlat va nodavlat-notijorat tashkilotlari hamkorligini oshirish masalasida amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Anjumanda ishtirok etgan Oliy sud raisi o‘rinbosari – Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Xolmo‘min Yodgorovning fikricha, oilaviy ajrimlarning yuzaga kelayotgani sabablaridan biri – yoshlarning bir-biri haqida yetarlicha ma’lumotga ega emasligidir.
«Ilgari ota-bobolar avval non sindirgan, bir-biriga hayitlik jo‘natgan, to‘ydan avval 1-2 yil kutgan. Bu orada yigit va qiz bir-biri bilan uchrashgan, bir-birini o‘rgangan. Hozir esa 20 kun ichida to‘y qilib yuborishyapti. Yoshlar bir-birining fe’l-atvori haqida yetarli ma’lumotga ega emas. Keyinchalik oilada kelishmovchilik yuzaga kelib, ajrim bo‘lishining sabablaridan biri ham shu. Bunga e’tibor qaratish kerak.
Qonunchilikda nikohga kirish uchun ariza bergandan keyin 1 oydan keyin ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Bu muddatni 6 oyga o‘zgartirishga ham roziman. Hech bo‘lmaganda, 3 oyga uzaytirish kerak.
Bu orada yoshlar bir-biri bilan gaplashsin, o‘rgansin. Agar fe’l-atvori to‘g‘ri kelmasa, o‘sha paytning o‘zida, nikohga kirmasdan turib ajrashib ketsin», dedi Oliy sud sudyasi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekistonda ayollar uchun nikoh yoshi 17 yoshdan 18 yoshga oshirilib, erkaklar uchun belgilangan me’yorga tenglashtirilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi