18:05 / 28.06.2020
2 133

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 7800dan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 7800dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 88 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 28 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7813 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 64 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 14 nafari Andijon viloyati (shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida va yana 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 4 nafari Samarqand viloyatida aholi orasida qayd etilgan», deyiladi xabarda.

Bugun hozircha 131ta yangi holat aniqlandi. Shuningdek, Toshkentda 8 bemor sog‘ayib, shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 5248 nafarga yetdi. Ayni vaqtda shifoxonalarda 2544 bemor davolanmoqda, ulardan 19 nafari og‘ir, 6 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 7800dan oshdi