19:33 / 29.06.2020
3 154

Dehqonobodda mahalla kotibi boshqaruvidagi «UAZ» 10-15 metr balandlikdan quladi

Dehqonobodda mahalla kotibi boshqaruvidagi «UAZ» 10-15 metr balandlikdan quladi
«Daryo»ning xabar berishicha, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida mahalla kotibi boshqaruvidagi «UAZ» rusumli avtomashina 10-15 metr balandlikdan pastga qulagan.

«Bunga mahalla kotibining mast holda mashina haydagani sabab bo‘lgan», — deydi voqea haqida xabar beruvchi o‘quvchi.

Foto: Telegram
«Daryo» so‘roviga javoban Dehqonobod tuman IIB mazkur holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Foto: Telegram
Ta’kidlanishicha, 2020 yil 27 iyun kuni «Ayridevor» MFY Dovqamar qishlog‘ida yashovchi 53 yoshli fuqaro Jonqul Abdulazizov boshqaruvidagi «UAZ» avtomobili hududdagi tepalikdan 10-15 metr pastlikka qulagan. Haydovchining aytishicha, bunga mashina oldi g‘ildiragi shinasi yorilgani sabab bo‘lgan. Shina yorilgach, mashina bir tomonga tortgan va pastga tushib ketgan.

Foto: Dehqonobod tuman IIB
Dehqonobod hokimligi axborot xizmatining ma’lumot berishicha, mahalla kotibi ishtirokidagi baxtsiz hodisa 28 iyun kuni tuman IIB YPX boshlig‘i mayor Bahrom Nazarov, IIB boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Mirzayev, «Ayridevor» MFY raisi Kamol Xushvaqtovlar ishtirokida o‘rganilgan.

«Hodisa «Ayridevor» MFY raisi o‘rinbosari Jonqul Abdulazizov boshqaruvidagi «UAZ» fuqaro Omonova Zebinisoning buyumlarini otasining uyiga tashlab qaytayotgan paytda, 2020 yil 27 iyun kuni, soat 14:30 da Beshbuloq qishlog‘idan o‘tgan joyda sodir bo‘lgan. Voqea sodir bo‘lgan paytda avtomobil ichida haydovchidan boshqa hech kim bo‘lmagan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotganligi sabab mashinadan sakrab tushib qolgan va hech qanday jarohat olmagan. Haydovchining aytishicha, jarohat olmagani bois tuman tibbiyot birlashmasi va IIBga murojaat qilmagan. Haydovchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda spirtli ichimlik iste’mol qilmagani ma’lum bo‘ldi», — deydi tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Mirzayev.

Foto: Dehqonobod tuman IIB
Dilshod Mirzayevning qo‘shimcha qilishicha, holat yuzasidan Dehqonobod tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlab yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dehqonobodda mahalla kotibi boshqaruvidagi «UAZ» 10-15 metr balandlikdan quladi