Navoiy viloyatida ham bir kishi koronavirusga chalinish oqibatida vafot etgan. Bu haqda viloyat hokimi Qobil Tursunov viloyat ahliga murojaatida aytib o‘tdi.
Viloyat rahbari viloyatda epidemiologik vaziyat haqida gapirib, fuqarolarni karantin qoidalariga rioya etishga chaqirgan.
«Eng ayanchlisi shundaki, kuni kecha viloyatimizda olib borilayotgan davolash-profilaktika tadbirlari, tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramay, ilk bor o‘lim holati qayd etildi», degan u.
O‘lim holati aynan qachon yuz bergani, bemorning yoshi va jinsiga doir ma’lumotlarni keltirmagan.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatida Sanoat qurilish bank boshqaruvchisi o‘rinbosari X.Sh. koronavirusdan vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi hozircha ushbu viloyatda koronavirusdan o‘lim ro‘y bergani haqidagi xabarni tasdiqlamagan.
Ma’lumot uchun, Navoiy viloyatida shu kungacha koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq 295 holat qayd etilgan, 252 bemor tuzalib chiqqan.
Viloyatda bugungi kunda 2086 nafar fuqaro karantinga olingan, shundan 1095 nafari statsionar sharoitda, 991 nafari uyda nazoratga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi