23:14 / 09.07.2020
2 989

Qamchiq dovoni orqali avtomobillar harakatlanishi 10 iyuldan boshlab to‘xtatiladi

Qamchiq dovoni orqali avtomobillar harakatlanishi 10 iyuldan boshlab to‘xtatiladi
Foto: «O‘zavtoyo‘l» DAK
Qamchiq dovonidagi «Namangan» YPX maskani 10 iyul, juma kuni soat 00:00 dan boshlab yopiladi. Bu haqda Namangan viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

Boshqarma matbuot xizmatiga ko‘ra, shu sanadan boshlab avtotransport vositalarining dovon orqali harakatlanishi to‘xtatiladi.
Toshkentga maxsus litsenziya yoki ruxsatnomaga ega bo‘lgan mashinalar, shuningdek, yuk mashinalari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib ketayotgan avtomobillar qatnovi uchun ruxsat beriladi.

Ma’lumot uchun, Namangan viloyatida shu kundan boshlab 59 ta blokpost faoliyati tiklanishi ko‘zda tutilgan. Jumladan, Namangan shahrida 15 ta tashqi, 8 ta ichki, jami 23 ta post kuchaytirilgan tartibda ish olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining 8 iyuldagi qarori bilan O‘zbekistonda 10 iyuldan 1 avgustga qadar karantin cheklovlari qaytadan kuchaytirilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamchiq dovoni orqali avtomobillar harakatlanishi 10 iyuldan boshlab to‘xtatiladi