2 971
Bosh prokuror: Bundan buyon tez yordam uzog‘i 15 daqiqada yetib boradi, test javobini ertasiga bilish mumkin bo‘ladi
O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev 15 iyul kuni prezident videoselektoridan so‘ng bergan intervyusida davlat rahbari tomonidan berilgan muhim topshiriqlarni sanab o‘tdi.
«Birinchi topshiriq shundan iborat bo‘ldiki, fuqarolarimiz o‘zi bezovta bo‘layotgan holatlar yuzasidan tibbiyot muassasalariga 103 raqami orqali tez yordamga murojaat qilishlarida biron bir bandlik holatlari bo‘lmasligi to‘g‘risida topshiriq berdilar.
Bu borada tegishli davlat organlarining imkoniyatlarini ishga solgan holda, murojaatlarni qabul qilish, o‘z vaqtida o‘rganish va birlamchi tibbiy yordamni o‘z vaqtida ko‘rsatish choralari ko‘riladi.
Bundan buyon har bir fuqaromiz «103»ga murojaat qilganda, bandlik holatlari, ayniqsa uzoq vaqt band bo‘lish holatlariga mutlaqo chek qo‘yiladi.
Ikkinchi topshiriq – tez tibbiy yordam xizmatini yana kuchaytirish. Bu borada tegishli malakali tibbiyot xodimlari, tibbiy texnika vositalari va transport vositalarini yanada ko‘paytirish, aholiga qulay tez yordam ko‘rsatish vazifasi oldimizga qo‘yildi.
Bundan buyon 15 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqtda zudlik bilan tez tibbiy yordam avtomashinalari tegishli xodimlar bilan yetib borishi to‘liq ta’minlanadi.
Uchinchi masala fuqarolarimizdan test namunalarini o‘z vaqtida olish va ularning javoblarini imkon qadar zudlik bilan chiqarish bo‘yicha bor imkoniyatlarni yanada safarbar qilib, test namunalari tahlillarini uzog‘i bilan ertasi kuniga chiqarib berish va javoblarni murojaat qilgan fuqarolarimizga o‘z vaqtida yetkazish choralari ham ko‘riladi.
Eng asosiy topshiriqlardan biri shu bo‘ldiki, tibbiy dori-darmonlarga, tibbiyot vositalariga bo‘lgan ehtiyojni to‘laqonli qondirishga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada kechaning o‘zida prokuratura organlari tomonidan Toshkent shahridagi mavjud 1700dan ortiq dorixonalar rahbarlari rasman ogohlantirildi.
Koronavirusdan profilaktika qilish uchun 5 turdagi va kasallikni davolashga mo‘ljallangan 9 turdagi majburiy tartibdagi dori vositalarini kamida 1 oy yoki 2-3 oylik zaxirasini to‘liq ta’minlash va ularni arzon narxlarda aholiga sotish tartibi ham joriy qilindi», – dedi Nig‘matilla Yo‘ldoshev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi