17:39 / 17.07.2020
2 123

Toshkent uchun SO‘V apparatlari, «Damas»lar va boshqa resurslar sotib olindi (video)

Toshkent uchun SO‘V apparatlari, «Damas»lar va boshqa resurslar sotib olindi (video)
Shahar hokimligi xabariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
- 40 dona SO‘V qilish apparatlari;
- 120 dona bolalar uchun va 80 dona kattalar uchun SIPAP-apparatlari;
- 70 mingta kombinezon;
- 70 mingta niqob;
- 20 mingta baxila;
- 5 mingta qalpoq;
- 3 mingta ko‘zoynak;
- 150 mingta qo‘lqop xarid qilingan.

Shuningdek, 50 dona «Damas» rusumli avtomobillar xarid qilingan bo‘lib, ulardan 25tasi tez tibbiy yordam xizmatiga, 23tasi tumanlar SEOMlariga, 2tasi ruhiy kasalliklar shifoxonalariga taqsimlanadi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 15 iyul kuni koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi holatga bag‘ishlab o‘tkazgan videoselektorda poytaxtdagi vaziyatni sharmandalik deb baholagan edi.

Yig‘ilishda ma’lum qilingandiki, Toshkent shahrida uch kun ichida tez tibbiy yordam xizmati o‘z vaqtida yetib bormagani uchun turli kasallik bilan murojaat qilgan 43 kishi bevaqt vafot etgan.

Selektordagi topshiriqlardan kelib chiqib, Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev endilikda tez yordam uzog‘i 15 daqiqada yetib borishini, «103»ga qo‘ng‘iroq qilganda uzoq vaqt band bo‘lish holatlariga mutlaqo chek qo‘yilishini aytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent uchun SO‘V apparatlari, «Damas»lar va boshqa resurslar sotib olindi (video)