19:24 / 22.07.2020
3 569

Koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni oshdi

Koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni oshdi
2020 yil 22 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18 324 (+153) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 93 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 60 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun ayni paytga qadar Andijon viloyatida 112 nafar hamda Namangan viloyatida 33 nafar, jami 145 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib, yurtimizda 9 554 (+145) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (52 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 673 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni oshdi