20:48 / 24.07.2020
5 040

Qo‘shmachi yigitga jazo tayinlandi

Qo‘shmachi yigitga jazo tayinlandi
Illustrativ foto
Tan olaylik, oxirgi paytlarda qo‘shmachilik yoki fohishaxona saqlagan ayollar haqida ko‘p gapirilmoqda, shunday jinoyat sodir etganlari tegishli tartibda jazoga tortilayotgani ham bor gap. Erkak kishi bo‘la turib qo‘shmachilik qilsachi...

2020 yilning 9 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tuman sudi ochiq sud majlisida qo‘shmachilik qilish va fohishaxona saqlash jinoyatini sodir etganlikda ayblangan yigitga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, hukm o‘qildi.

Sudlanuvchi O.N 2020 yil 8 may kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Rohat ko‘chasida qo‘shmachilik qilish maqsadida internetdagi saytlarning biriga «Nazo» nomi ostida 1999 yilda tug‘ilgan A.Sni fohishalik bilan shug‘ullanishiga mijoz topish uchun e’lonni joylashtirib, har bir mijozdan tushgan pullarni yarmini olib turgan.

Bundan tashqari, u o‘zining jinoiy faoliyatini davom ettirib, 08.05.2020 yildan 12.05.2020 yilga qadar bo‘lgan vaqtda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Rohat ko‘chasidagi uyni U.Zdan sha’riy nikohda bo‘lgan turmush o‘rtog‘i Ch.G bilan birga vaqtincha istiqomat qilishini aytib aldab, ijaraga olib, mazkur xonadonga A.S va Ch.Glarni fohishalik bilan shug‘ulanishi uchun joylashtirib, shart-sharoit yaratib bergani evaziga A.Sdan umumiy hisobda 300.000 so‘m pul mablag‘larini olgan.

Sud, O.Nga JKning 59-moddasiga asosan 400 soat majburiy jamoat ishlari jazosi tayinladi.

Sh.Jumaniyazov,
Yakkasaroy tuman sudi sudya yordamchisi

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘shmachi yigitga jazo tayinlandi