Foto: Stanislav Krasilnikov/TASS
O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etganlarning jasadini marhumning yaqinlariga berish tartibi o‘zgarishi kutilmoqda. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Anvar Alimov ma’lum qildi.
«Koronavirus Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ikkinchi guruh – o‘ta xavfli infeksiyalar guruhiga kiritilgan. Bu holatda koronavirusdan o‘lgan murda ham kasallikni chaqirish imkoniyatiga ega deb qaraladi. Shu bois jasadlar patalogoanomatik ko‘rsatmalar asosida yuvilib, o‘rab, to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘mishga olib borilayotgan edi.
Kuni kecha mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan katta yig‘ilishda bu tartibga o‘zgartirish kiritish masalasi ko‘rib chiqildi. Respublika patalogoanatomiya markazi olib borgan o‘rganishlar bo‘yicha taklif berildi – bemor vafot etgandan keyin ikki soat o‘tgach, virus jasadda o‘z kuchini yo‘qotadi. Shu nuqtayi nazardan, jasad ikki soat saqlangandan keyin uni qarindoshlariga berib yuborishga ruxsat berish taklifi ilgari surilyapti», – dedi Alimov.
Shtab a’zosi Habibullo Oqilovning ma’lum qilishicha, bu taklif hozirda respublika maxsus komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
«Xitoyda, Koreyada, Yaponiyada hozirgacha koronavirusdan o‘lgan bemor tanasini dezinfeksiya qilib, ikkita germetik paketga solib, qarindoshlariga bermay, to‘g‘ri krematoriyga yuborish amaliyoti saqlanib turibdi. Bizda hozirgacha jasadni yuvish, kafanlash – barcha rasm-rusumlarni patalogoanatomiya byurosida bajarib, dafn marosimi SES xodimi va yaqin qarindoshlar ishtirokida o‘tkazilayotgan edi.
O‘rganishlarimizga asosan, virus faqatgina tirik hujayrada yashab, jasadda 2 soatdan keyin yuqish kuchini yo‘qotishi yoki juda pasayishini inobatga olgan holda tartibga o‘zgartirish kiritiladi – yuvish va kafanlash byuroda o‘tkaziladi, keyin jasad qarindoshlarga beriladi. Janoza 5-10 nafardan ko‘p bo‘lmagan eng yaqin qarindoshlar ishtirokida mozorboshida o‘qiladi», – dedi Oqilov. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”