18:08 / 06.08.2020
2 164

Sudlar chinakam adolat qo‘rg‘oniga aylanib bormoqda!

Sudlar chinakam adolat qo‘rg‘oniga aylanib bormoqda!
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirish sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari biridir.

Kuni kecha, joriy yilning 24 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev sud-huquq tizimini yanada takomillashtiruvchi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 6034-sonli Farmonga imzo qo‘ydilar.

Ushbu Farmon bilan joriy etiladigan sud tizimiga o‘zgartirishlar shubhasiz, sud tizimini yanada optimallashtirisha, shuningdek, jahonning rivojlangan mamlakatlarining sud-huquq tizimidan andoza olgan holda shakllantirishga katta qadam hisoblanadi.
Ushbu Farmon bilan quyidagilar joriy etilmoqda:
2021 yil 1 yanvardan boshlab:
  • viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari bo‘yicha, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qat’iy ixtisoslashuvini saqlab qolgan va sud ishlarini yuritish turlari bo‘yicha alohida sudlov hay’atlarini tashkil etgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudlarini tashkil etiladi;
  • ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini ma’muriy sudlardan jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga o‘tkaziladi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy malaka hay’atining hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalari malaka hay’atlarining qarorlari ustidan Sudyalar oliy kengashiga shikoyat qilish huquqi beriladi;
  • sud ishlarini nazorat tartibida ko‘rish instituti tugatiladi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ular o‘rinbosarlarining sudning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari hamda qarorlari ustidan nazorat tartibida protest kiritish huquqini bekor qilinadi;
  • davlat ayblovchisi ayblovdan voz kechgan taqdirda reabilitatsiya asoslariga ko‘ra jinoyat ishi tugatiladi;
  • prokuror tomonidan sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi yoki qarori bo‘yicha ishlarni, ushbu ishlar yuzasidan taraflar murojaati mavjud bo‘lgan holdagina, suddan chaqirib olib o‘rganishga yo‘l qo‘yiladi;
  • qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari sudlarda boshqa shaxslarning tashabbusi bilan qo‘zg‘atilgan fuqarolik va iqtisodiy ishlarning ko‘rilishida prokuror o‘z tashabbusi bilan ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasining Oliy sud tuzilmasida investitsiyaviy nizolarni hamda raqobatga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sudlov tarkibi tashkil etiladi. Ushbu sudlov tarkibi faqatgina yigirma million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritgan yirik investorlarning nizolarini ko‘rib chiqadi.

Muhtaram Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan imzolangan ushbu Farmon sudlarning chinakam mustaqil va daxlsiz bo‘lishi, “bir sud- bir instansiya” tamoyilining amalda namoyon bo‘lishi, fuqarolarning sudlarda sarson bo‘lishini oldini olish, sud faoliyatiga har qanday aralashuvning cheklanishiga yirik zamin yaratadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha
Nurota tuman sudi raisi
Z.Ibragimov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sudlar chinakam adolat qo‘rg‘oniga aylanib bormoqda!