Ikkinchi mutaxassislik uchun qabul kvotalari belgilanmaydi. Oliy ta’lim muassasalari abituriyentlar soniga qarab suhbat asosida imtihon o‘tkazadi.
2020-2021-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka hujjatlarni qabul qilish joriy yilning 10 avgustidan boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov ma’lum qildi.
“Davlat komissiyasiga ikkinchi mutaxassislik uchun hujjat qabul qilish jarayoni joriy yilning 10-31 avgust kunlari o‘tkazilishi bo‘yicha taklif kiritdik. Taklifimiz qanoatlantirildi. Hujjatlar qabul qilinishi ko‘rsatilgan muddatlarda onlayn tarzda amalga oshiriladi. Ikkinchi mutaxassislik uchun qabul kvotalari belgilanmaydi. Oliy ta’lim muassasalari abituriyentlar soniga qarab suhbat asosida imtihon o‘tkazadi. Abituriyentlar soni kamroq bo‘lsa, imtihonlarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul amalga oshiriladi”, - dedi Xoliqov.
Vazir Inomjon Majidovning qo‘shimcha qilishicha, ikkinchi mutaxassislikka qabul qilish jarayoni murakkab bo‘lmaydi. Har bir oliy ta’lim muassasasi abituriyentning salohiyatini o‘z mezonlari asosida baholaydi, qancha talaba qabul qilishni ham o‘zi hal qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?