
Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 70 mln so‘m ekvivalentidan ortiq O‘zbekiston naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi uchun deklaratsiya to‘ldiriladi (amalda 2 ming AQSH dollari).
Shuningdek, 100 mln so‘mga teng yoki undan oshmaydigan naqd valyutani O‘zbekistondan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga amal qilgan holda cheklovlarsiz olib chiqiladi (amalda 5 ming AQSH dollari). Qaror 2020 yil 1 sentabrdan kuchga kiradi.
Hukumat QaroriNaqd ValyutaO‘zbekiston ValyutasiJismoniy ShaxslarDeklaratsiya To‘ldirishBojxona Nazorati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar